Qozogʻistonda parranda grippining keng tarqalishi toʻxtatildi
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Asqar Maminga tayanib Sputnik manbasi xabar berdi.
“Parranda grippi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashdi va nazorat ostida”, deya taʼkidlagan hukumat rahbari.
Qozogʻistonda parranda grippi tarqalishi sentyabr oyida avj oldi va bir qator hududlarga yetib bordi. Parrandalarning oʻlimi ham aholi hovlilarida, ham parrandachilik fermalarida qayd etilgan.
Mazkur epidemiyadan soʻng bosh vazir infeksiya tarqalgan joylarda karantin joriy etish va bekor qilish tartibini soddalashtirishni buyurdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring