Qozogʻistonda mingdan ortiq homilador ayol koronavirusni yuqtirib olgan
Qozogʻistonda pandemiya paytida koronavirusga chalingan ayollar soni 1085 nafarni tashkil etmoqda. Shu paytgacha shunday bemorlardan 167 ta sogʻlom bola tugʻilgan.
Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.
Onasidan COVID-19ni yuqtirib dunyoga kelgan chaqaloqlar esa 21 nafar boʻlib, ularning barchasi sogʻayib, uylariga javob berilgan.
Bir nafar homilador ayol “tojdor yov” qurboni boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring