Qozogʻistonda koronavirusning “hindcha” shtammi tez tarqalmoqda
Qozogʻistonda soʻnggi 24 soat davomida olingan PZR testlari tahlil qilindi. Testlarning 76 foizida koronavirusning “delta” shtamm ekanligi aniqlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Epidemiologlar fikriga koʻra, oʻrtacha kunlik ijobiy PZR-testlari soni 114 dan 188 gacha koʻpaydi. Olmota shahri bosh sanitariya shifokori Jandarbek Bekshinning soʻzlariga koʻra, shahar 4-toʻlqin arafasida.
Faqat bir hafta ichida kasallik deyarli ikki baravarga (742 dan 1237 gacha) oshdi. Olmotada sutka davomida 200 dan ortiq yangi holat qayd etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring