Qozogʻistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 11 mingdan oshdi, sogʻayganlar 5458 nafarga yetdi

21:12 01 Iyun 2020 Dunyo
648 0

Qozogʻistonda oʻtgan sutka davomida 450 odam koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi maʼlum boʻldi, deb xabar beradi coronavirus2020.kz.

Oʻsish 4,1 foizni tashkil qildi.

Ayni damda mamlakatda koronavirus yuqtirganlarning soni 11 308 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, bugun Qozogʻistonda 54 kishi koronavirusdan sogʻayib chiqdi va jami kasallikni yengganlar 5458 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер