Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar 500 nafarga yetdi

11:45 04 Aprel 2020 Dunyo
837 0

Qozogʻistonda 36 nafar fuqaroda koronavirus holati qayd etildi, jumladan, Olmaotada 16 kishi, Atirau viloyatida 2 kishi, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 7 kishi, Jambil viloyatida 1 kishi, Chimkentda 1 kishi, Turkiston viloyatida 4 kishi, Mangʻistau viloyatida 1 kishi, Qaragʻandi viloyatida — 4 kishi.

Turkiston viloyatida bir kishi koronavirusdan vafot etdi.

4-aprel, 09:15 holatiga koʻra, Nur-Sultonda 202 kishi, Olmaotada 109 kishi, Qaragʻandi viloyatida 26 kishi, Aqmola viloyatida 19 kishi, Atirau viloyatida 22 kishi, Jambil viloyatida 9 kishi, Chimkentda 12 kishi, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida 4 kishi, Almati viloyatida 9 kishi, Aqtoʻbe viloyatida 7 kishi, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 25 kishi, Pavlodar viloyatida 1 kishi, Mangʻistau viloyatida 3 kishi, Qiziloʻrda viloyatida 26 kishi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 2 kishi, Turkiston viloyatida 23 kishi, Qostanay viloyatida 1 kishi, jami 500 bemor roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер