Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 961 nafarga yetdi

11:29 13 Aprel 2020 Dunyo
741 0

Qozogʻistonda koronavirusga chalingan yana 10 ta holat qayd etildi, deb xabar berdi Kazinform coronavirus2020.kzga asoslanib.

“Koronavirus infektsiyasining yana 10 ta holati: Qiziloʻrda viloyatida — 1 kishi, Olmaotada — 7 kishi, Nur-Sultonda — 2 kishi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

13-aprel, 09:00 holatiga koʻra, Nur-Sultonda 253 kishi, Olmaota shahrida 172 kishi, Qaragʻandi viloyatida 65 kishi, Aqmola viloyatida 71 kishi, Atirau viloyatida 59 kishi, Jambil viloyatida 46 kishi, Chimkentda 38 kishi, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida 6 kishi, Almati viloyatida 21 kishi, Aqtoʻbe viloyatida 11 kishi, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida 25 kishi, Pavlodar viloyatida 10 kishi, Mangʻistau viloyatida 10 kishi, Qiziloʻrda viloyatida 119 kishi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida 9 kishi, Turkiston viloyatida 43 kishi, Qostanay viloyatida 3 kishi, jami 961 bemor roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер