Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 75 mingdan oshdi

22:19 22 Iyul 2020 Dunyo
855 0

Qozogʻistonda soʻnggi bir kun ichida 1 685 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, deya xabar beradi coronavirus2020.kz.

21-iyul soat 23:59dagi Qozogʻistondagi epidemiologik vaziyatga koʻra, oʻtgan kun davomida Qozogʻistonda 1 685 kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ulardan 743 kishi klinik belgilarsiz tashuvchilar sifatida roʻyxatga olingan.

Hududlar boʻyicha (umumiy / simptomsiz):

Nur-Sulton shahri - 213/103

Olmaota shahri - 241/134

Chimkent shahri - 38/10

Aqmola viloyati - 54/28

Aqtoʻbe viloyati - 50/30

Olmaota viloyati - 54/27

Atirau viloyati - 109/65

Sharqiy Qozogʻiston viloyati - 238/115

Jambil viloyati - 42/23

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati - 87/44

Qaragʻandi viloyati - 175/79

Qostanay viloyati - 54/17

Qiziloʻrda viloyati - 115/34

Mangʻistau viloyati - 49/18

Pavlodar viloyati - 68/6

Shimoliy Qozogʻiston viloyati - 82/4

Turkiston viloyati - 16/6

Qozogʻistondagi koronavirus bemorlarining umumiy soni 75 153 kishini tashkil qiladi. 46 790 kishi kasallikni yenggan boʻlsa, 585 kishi virusdan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер