Qozogʻistonda yoʻlovchi samolyoti yerga quladi va yonib ketdi
Foto: Tengrinews
Bortida 70 dan ortiq odam boʻlgan yoʻlovchi samolyoti Bokudan Grozniyga uchayotgan boʻlgan. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Qozogʻiston Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, samolyot “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan. Bortda 67 nafar yoʻlovchi va besh ekipaj aʼzosi boʻlgani aytilmoqda.
Samolyot qulab tushganidan keyin yongʻin boshlangan. Qutqaruvchilar voqea joyiga tezda yetib borgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda va 6 kishi omon qolgani aytilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring