Qozogʻiston xorijliklar uchun quruqlikdagi chegaralarini ochmoqda
Foto: Arxiv surat
Qozogʻiston 11-apreldan fuqarolari va xorijliklar uchun quruqlikdagi chegaralarga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlaydi. Cheklov bundan ikki yil oldin, koronavirus tarqala boshlagan paytda kiritilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, 30-martdan boshlab Rossiya ham Qozogʻistondan kirish punktlarini ochgan edi. Bu degani 11-apreldan keyin Oʻzbekistondan Rossiyaga avvalgidek avtobusda borish yoki qaytish imkoniyati mavjud boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring