Qozogʻiston hukumati mamlakat boʻylab bir qancha cheklovlar oʻrnatilishini eʼlon qildi
Qozogʻistonning barcha viloyatlarida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonlar eʼlon qilindi. Chora-tadbirlar toʻplami quyidagilar:
1. 23.00 dan 7.00 gacha mamlakatning barcha hududlari boʻylab komendantlik soati joriy etildi;
2. Ichki ishlar organlari boshliqlari boshchiligida komendaturalar tashkil etildi;
3. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish nomaʼlum muddatga qadar taqiqlandi;
4. Harakat erkinligini cheklanadi, shu jumladan, transport vositalaridan foydalanish boʻyicha ham cheklovlar amalga oshiriladi;
5. Har bir hududga kirish va chiqish nomaʼlum muddatga qadar toʻxtatildi;
6. Mamlakat hududi boʻylab hujjatlarni tekshirish, shaxsiy tintuv, ashyolar va transport vositalarini tekshirish amalga oshiriladi;
7. Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni sotish taqiqlandi, giyohvandlik vositalari va aleogol mahsulotlari savdosiga alohida rejim oʻrnatildi.
8. Qurol va oʻq-dorilar favqulodda holat davrida fuqarolardan vaqtinchalik olib qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring