Qozogʻiston bilan temir yoʻllarda yoʻlovchi tashishlar qayta tiklanmoqda
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 15-may kuni Nukus — Beyneu — Nukus yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdining qatnovni boshlanadi. 16-maydan boshlab Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yoʻnalishida (“Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” yoʻlovchilardan Qozogʻiston va mamlakatimiz davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida belgilangan tartibda oʻrnatilgan cheklov choralari talablariga rioya qilishni soʻramoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring