Qoʻshnimga shifokor koronavirusdan uyda davolanishi uchun tavsiyalar yozib berdi. Men ham shu tavsiyadan foydalansam boʻladimi?
- Qoʻshnim koronavirus kasalligi bilan kasallanganda shifokor unga uyda davolanishi uchun tavsiyalar yozib berdi. U butunlay sogʻayib ketdi. Menda 2-kun tana haroratim chiqmoqda. Men ham shu tavsiya asosida davolansam boʻladimi?
Savolga bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifingda quyidagicha javob berildi:
- Har bir kasalda koronavirus turli xil kechishi mumkin. Shunga koʻra, biz shifokorlar qoʻldan qoʻlga oʻtuvchi tavsiyalar orqali davolanishni tavsiya etmaymiz.
Siz oʻzingiz istiqomat qiluvchi hududdagi poliklinikaga murojaat etib shifokor tavsiyasini olishingizni maslahat beramiz. Bolalar va qariyalar kasallik kechishiga qarab uy sharoitida davolansa boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring