Qorbobo hayotdan koʻz yumdi

17:27 18 Dekabr 2018 Dunyo
5405 0

Illyustrativ foto

Bolalar bogʻchasidagi ertalabki tomoshada Qorbobo libosidagi erkak kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu voqea Rossiyaning Kemerovo shahrida roʻy berdi, deb yozadi Interfaks.

Manbaga koʻra, bayram tadbirida erkak kishining ahvoli yomonlashgan, u koʻkragida ogʻriq sezayotganini aytgan. Shunda keyin tez tibbiy yordam chaqirilgan, lekin shifokorlar yetib kelgunga qadar Qorboboning joni uzilgan.

Yoshi 67 da boʻlgan bu kishi ertaklarda bir necha bor Qorbobo rolini oʻynab bergan edi.

Iyun oyida Svetlogorskda “Qorbobo”ning sudi boʻlib oʻtgandi. Ushbu ertak qahramoni kiyimini kiyib olgan erkak kishi shu yil 1 yanvar kuni oʻsmirni urgan edi.

Gap shundaki, Qorbobo koʻchada bir oʻsmirni uchratib, undan sheʼr oʻqishini soʻraydi. Yosh yigit esa uning iltimosini rad etadi. Shundan keyin Qorbobo hassasi bilan uning yuziga tushiradi, oʻsmirning jagʻi sinadi. Bu haqda Rambler xabar bergandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер