Qoraqalpogʻistonning Taxiatosh tumani hokimi qamoqqa olindi

22:52 05 Noyabr 2022 Jamiyat
2039 0

Foto: Arxiv surat

Internet sahifalarida Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov 100 mln. soʻm pora olganligi holati boʻyicha uning turmush oʻrtogʻi jinoyat ishi boʻyicha ayblanib, qamoqqa olingani haqida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Haqiqatdan ham, joriy yilning 01-noyabr kuni Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov fermer xoʻjaligi rahbaridan firibgarlik yoʻli bilan 100 mln. soʻm pul olgani holati boʻyicha JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olingan.

Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida sobiq tuman hokimi Matkarimovning turmush oʻrtogʻi ayblanmagan va qamoqqa olinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер