Qoraqalpogʻistonlik baxshi qiz Polshada gran-prini qoʻlga kiritdi
Foto: "Xalq so'zi"
Yaqinda, yaʼni 29-iyundan 6-iyulgacha Polshada boʻlib oʻtgan “Zolotaya lodka” xalqaro tanlovida qoraqalpogʻistonlik Dinara Nuratdinova bosh sovrin – gran-prini qoʻlga kiritdi.
Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning sanʼat ustalari ishtirok etgan mazkur nufuzli tanlovda Dinara Nuratdinova baxshichilik yoʻnalishida oʻz mahoratini namoyish etib, tomoshabinlarning hamda hayʼat aʼzolarining eʼtirofiga sazovor boʻldi.
- Nukus pedagogika institutida tahsil olish bilan birga ajdodlarimiz merosi boʻlgan baxshichilik sanʼati sir-asrorlarini ham oʻrganmoqdaman, - deydi D.Nuratdinova. - Xalqaro tanlovda yuksak darajada eʼtirof etilganimdan cheksiz xursandman. Bu, Prezidentimizning yoshlarga yaratib bergan keng imkoniyatlari samarasidir, albatta.
Hidoyat AHMEDOV.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring