Qoraqalpogʻistondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar shaxsning qamoq ehtiyot chorasi uy qamogʻiga almashtirildi
Avvalroq Bosh prokuratura tomonidan 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Shunday qilib, 30-avgust kunining oʻzida jami 34 nafar fuqaro insonparvarlik tamoyili asosida oilasi bagʻriga qaytarildi.
Bosh prokuraturaga kiritilgan roʻyxat, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari tomonidan Komissiyaga qilingan murojaatlarining oʻrganilishi va gumonlanuvchilar bilan shaxsan suhbatlashish asosida shakllantirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring