Qoraqalpogʻistonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida uch kishi — er-xotin va ularnikiga mehmonga kelgan yigit is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Unga koʻra, voqea 18-oktyabrga oʻtar kechasi Nukus shahri 23 kichik tumani 3/6-uyning 33-xonadonida sodir boʻlgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi Qoraqalpogʻiston filiali shifokori soat 07:51 da IIBga qoʻngʻiroq qilib, oʻlim bilan bogʻliq holat haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida 25 yoshli A.Y., uning 23 yoshli xotini M.Y va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T uyning isitish qozonxonasi moʻrisidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring