Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan YTHda 8 kishi halok boʻldi

09:41 25 Iyul 2024 Jamiyat
398 0

Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanida ayanchli YTH sodir boʻldi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, YTH 22-iyul kuni soat 19:05lar atrofida Qoʻngʻirot tumani hududida sodir boʻlgan. 30 yoshli haydovchi M.N. Lacetti mashinasini tuman markazidan “Qoraqalpogʻiston” PPJ tomonga boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan. Buning oqibatida Lacetti yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, 23 yoshli U.D. boshqaruvidagi Cobalt bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng Cobalt mashinasida yongʻin ham kelib chiqqan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi va uning 38 yoshli yoʻlovchisi A.B. hamda Cobalt haydovchisi U.D. hodisa joyida halok boʻlgan. Lacetti mashinasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 49 yoshli B.T. hamda Cobalt yoʻlovchilari — 31 yoshli T. A., 27 yoshli K.T., 53 yoshli K.K., 30 yoshli S.R. olgan tan jarohatlari oqibatida Qoʻngʻirot tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер