Ijtimoiy tarmoqda Beruniy tumanida ichida bolalar boʻlgan avtomashina halokatga uchragani aytilgan video-xabarlar tarqaldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tuman hokimligi mazkur holat yuzasidan dastlabki maʼlumotlarni taqdim qildi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 19-iyun kuni soat 09:55 da tumanning Quruvchilar koʻchasidan oʻtuvchi 4R161 avtomobil yoʻlining 16-17 км.да sodir boʻlgan.
Respublika IIV axborot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, Shabboz OFYda yashovchi С.Г. “Nexia-3” mashinasida voyaga yetmagan bolalarni olib ketayotgan paytida shu yoʻl chetida turgan “Gentra” rusumli avtomashina haydovchisi У.К. qoʻpol tarzda oldinga harakatlanib yuborishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.
Manbaga koʻra, ushbu hodisa tufayli 2 nafar voyaga yetmagan bola — 2018-yil tugʻilgan Х.Ф. va 2021-yil tugʻilgan N. С.лар tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat etgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.
“Hozirgi vaqtda bolalarning sogʻligi joyida ekanligi aniqlangan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring