Qoraqalpogʻistonda 2 nafar bemor tuzaldi, 8 nafari davolanishda

18:38 15 May 2020 Jamiyat
791 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan boʻlib, Qozogʻistondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan boʻlib, Rossiyadan Qozogʻiston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpogʻistonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер