Qoraqalpogʻiston va Xorazmda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga Davlat tomonidan bepul ovqat beriladi
Taraqqiyot strategiyasida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-toʻrtinchi sinf oʻquvchilarini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablagʻlar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring