Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya xulosasini tayyorlashga kirishdi

20:23 09 Fevral 2023 Jamiyat
645 0

Xabaringiz bor, 2022-yil 16-iyul kunidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya oʻz ishini boshlagan edi.

Komissiya oʻz faoliyatini inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, voqealarni har tomonlama va holis oʻrganish, shuningdek, olingan axborotlarni qayta tekshirish hamda oʻz faoliyatini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil qildi.

Komissiya oʻz xulosasida quyidagi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratmoqda.

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil 1 - 2-iyul kunlari yuz bergan holatlar va voqealarning xronologik tafsiloti;

- Mustaqil komissiyaning tashkiliy tadbirlari;

- Mahalliy hukumat va davlat organlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar;

- Namoyishlarning keltirib chiqargan oqibatlari, yetkazilgan zarar, ishtirokchilarning maʼnaviy va psixologik tafsiloti;

- Namoyishlar yuzaga kelishiga sabab boʻlgan omillar;

- Namoyishlarda aybdor deb topilgan fuqarolarga nisbatan sud jarayonlarining tafsiloti;

- Mustaqil komissiyaning asosiy xulosa va tavsiyalari;

- Xotima;

- Namoyishlarda qoʻllanilgan maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari.

“Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va faollar Komissiya xulosasiga oid fikr-mulohazalarini @independetuz_bot telegram kanaliga yuborishlari mumkin” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер