Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Andijonda 13 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 1255 nafarga yetdi

15:56 02 May 2020 Jamiyat
884 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi. Ular respublika va viloyat sogʻliqni saqlash sohasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlarning barchasi Qoraqalpogʻiston (7 nafari Nukus shahridan, 1 nafari Moʻynoq tumani)dan boʻlib, ularning hammasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpogʻistonda 62 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning 1 nafari ushbu viloyatdan boʻlib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan., qolgan ikki nafar fuqaro esa Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikki nafari ham Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 138 nafarga yetdi.

Andijonda sogʻayganlarning 1 nafari Andijon shahridan boʻlib, 45 yoshda, yana 1 nafari Oltinkoʻl tumanidan boʻlib, 43 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 109 nafar bemor tuzalgan boʻlsa, endilikda ular 111 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 1255 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер