Qoramol goʻshti importi 13,8 ming tonnaga oshgan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 32,8 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.
Qoramol goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qoramol goʻshtini import qilgan davlatlar:
Belarus – 17,1 ming tonna;
Qozogʻiston – 11,6 ming tonna;
Braziliya – 1,4 ming tonna;
Hindiston – 967 tonna;
Rossiya – 791 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring