Buxoroda 1,4 mlrd. soʻmlik chorva mollarini oʻzlashtirish holati aniqlandi

16:35 20 Noyabr 2023 Jamiyat
112 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorakoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “Q.N.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari oʻzlariga ishonib topshirilgan 1,4 mlrd. soʻmlik 4 231 ta chorva mollarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek MCHJ sobiq rahbari F.D. taʼsischilarning xabardorligisiz soxta maʼlumotlar rasmiylashtirib MCHJ binosini “F.F.” MCHJga bank muassasasidan ajratilgan 550 mln soʻm kreditiga garov taʼminotiga qoʻyib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер