Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida kamera oʻrnatilishi bilan bogʻliq holat yuzasidan institut prorektori va ayrim xodimlariga jarima jazosi belgilandi
Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining 5-maydagi qaroriga koʻra Qoʻqon davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O. B. MJtKning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yaʼni, 4 500 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan;
institutning taʼlim texnologiyalari markazi xodimlari A. M., B. O. va boʻlim boshligʻi R. M. ham MJtKning 46-1-moddasida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida yaʼni, 3 000 000 soʻmdan jarima jazosi tayinlangan.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Fargʻona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring