Qonunchilik palatasi xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

18:10 14 Dekabr 2023 Jamiyat
367 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi YEXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida Mediasavodxonlik va sun’iy intellekt bo‘yicha quyi palata xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Treningda media va axborot savodxonligining asosiy tushunchalari va tamoyillari, axborot xurujlari, yangiliklarning to‘g‘riligi va ishonchliligini baholash tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, trening ishtirokchilari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda kiberxavfsizlik muammolari va algoritmlari hamda sun’iy intellektning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер