Qonunbuzarlar ushlandi

15:16 08 Fevral 2019 Jamiyat
1133 0

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan “Toshkent xalqaro aeroporti”da yana bir qonunbuzilishi holati aniqlandi. Bu haqda DBQ Axborot xizmati katta inspektori J.Karamatov xabar berdi.

“Dehli-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqarolar M.X., M.U. va M.Z lar yashil yoʻlak orqali harakatlanayotganda bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada ushbu fuqarolar tomonidan yashirin tarzda olib oʻtilayotgan jami 325 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер