Qonun loyihasiga koʻra yoʻl belgilari reyestri shakllantiriladi. Reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yoʻl belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi

14:42 12 Iyun 2023 Jamiyat
603 0

AOKAda Adliya vaziri oʻrinbosari va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga yoʻl harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida«gi Qonun loyihasi haqida maʼlumot berildi.

2022-yil davomida tuman va shahar hokimlarining yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi 5 ta qarori bekor qilingan.

Shuningdek, taqiqlovchi yoʻl belgilari yoʻl harakati qatnashchilarini oldindan xabardor qilmasdan oʻrnatib kelinmoqda.

Loyihada esa, taqiqlovchi yoʻl belgilari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida oʻrnatilishi hamda taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilishidan kamida 20 kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik mahalliy ijro hokimiyati organining tegishli rasmiy internet sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinishi koʻzda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер