Qonun loyihasi bilan 7 ta kodeksga, 59 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda

15:25 25 Iyul 2023 Siyosat
391 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Qonun loyihasi bilan 7 ta kodeksga, 59 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Mazkur hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari” degan tushunchani qonunchilikdan chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar nazarda tutilyapti.

Qonun loyihasining qabul qilinishi Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlashga, shuningdek professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va natijaga yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер