Qonun ijrosi nega 20 foizga bajarildi?

11:09 13 Dekabr 2018 Jamiyat
1407 0

Foto: X.Paydoyev / Xalq soʻzi

Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi Online”/Toshkent. Oliy Majlis Senatining 17 yalpi majlisida maʼruza qilayotgan Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev bundan qariyb ikki yil avval “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi xususida toʻxtalib oʻtdi.

— Taʼkidlanishicha, bu masalaga hududlarda yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti, deb taʼkidladi Senat raisi. — ­Oʻsha paytda masʼul tuzilmalar Qonun ijrosini taʼmin-lashga tayyor emasligi, buning uchun vaqt va zarur mablagʻlar talab etilishi bois, uning amalga kirish muddati 2019 yil10yanvaretibbelgilanganedi.

Xoʻsh, Qonunning kuchga kirishiga bir oydan kam vaqt qoldi,tayyorgarliknihoyasigayetkazildimi ?

Afsuski, shu yil noyabr oyi oʻtkazilgan oʻrganishlarimizdabusavolgaijobiyjavobtopaolmadik.

Birgina misol:Qonun kuchga kirguniga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga asosan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar binolarini qurish va rekonstruksiya qilish lozimedi.

Bugungi kunda zarur mablagʻlar ajratilganiga qaramay, mazkur muassasalarni qurish ishlari mamlakat boʻyicha 20 foizga hambajarilmagan.

Ayniqsa, Buxoro viloyatida qurilish va rekonstruksiya ish-lari 30, Qoraqalpogʻiston va Qashqadaryoda 25, Navoiyda 15, Toshkent viloyatida esa, 10 foizga bajarilganini qanday izohlashmumkin ?!

Qonunga boʻlgan bunday munosabatdan keyin uning ijrosi haqidagapirishmumkinmi ?

Umuman, mutasaddilar ikki yil davomida Qonun ijrosiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha nima ish qilindi, degan savolgaqandayjavobberadilar ?!

Majlis davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер