Qonlikoʻlda “Damas” yonib ketdi

10:42 13 Iyun 2020 Jamiyat
1047 0

Joriy yilning 12-iyun kuni soat 11:44 larda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonlikoʻl tumani hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yoʻlining 847-km.da haydovchi, 1991-y.t. A.Ye. “Damas” rusumli transport vositasini 2 nafar yoʻlovchi bilan boshqarib ketayotgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismidagi simlarning qisqa tutashuvi natijasida yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Qonlikoʻl tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер