Qon tahlilidagi koʻrsatkichlar nimani anglatadi?
Umumiy qon tahlili barmoqdan olinadi va odamning haqiqatan ham qon kasalligi bor-yoʻqligini va organizmda biron bir yalligʻlanish jarayoni boshlanganligini aniqlashga xizmat qiladi. Yakuniy tahlildagi harflar va raqamlar nimani anglatadi?
RBC. Bu harflar eritrotsitlar - qizil qon hujayralarini anglatadi. Bir millilitr qonda 3,8 dan 5,8 milliongacha qizil qon tanachalari boʻlishi kerak. Agar ular kamroq boʻlsa, bu anemiya belgisidir. Va shuning uchun shifokor keyingi koʻrsatkichga - gemoglobinga - qizil qon hujayralarida mavjud boʻlgan oqsilga axamiyat berishi kerak.
Gemoglobin. HGB harflari bilan belgilanadi. Agar gemoglobin past boʻlsa (norma 110-165 g 1 litr qon uchun), unda biz haqiqatan ham temir tanqisligi bor deya takidlashimiz mumkin. Past gemoglobin darajasi ham qonning ivishini oldini oladi, bu yesa ogʻir qon ketishiga olib kelishi mumkin.
NST. Bu qon ivishida ishtirok etadigan trombotsitlar. Odatda, ular bir millilitr qonda 350 dan 500 minggacha boʻlishi kerak. Trombotsitlar sonining pastligi qon ketishining koʻpayishini, terining tez koʻkarishga muoyilligini koʻrsatadi va boshqa qon kasalliklari haqida ogohlantiradi.
WBC. Bu harflar bilan oq qon hujayralari - leykotsitlar belgilanadi. Ularning normasi 4,0 – 9,0 × 10 9 darajada / litr. Leykotsitlar sonining kamayishi yoki koʻpayishi tanadagi yalligʻlanish jarayonlarining belgisidir.
LIM. Leykotsitlar umumiy sonining 30% gacha boʻlishi kerak boʻlgan limfotsitlar sonini koʻrsatadi. Normadan oshib ketishi sil kasalligining alomati boʻlishi mumkin. Limfotsitlar sonining oʻsishi limfotsitik leykemiyada kuzatiladi, ammo yakuniy xulosalar shifokor tomonidan qoʻshimcha tadqiqotlar asosida amalga oshirilishi kerak.
YEOS. Agar shu harflar bilan belgilanadigan eozonofillarning soni 5% dan koʻprogʻ boʻlsa, unda odamda allergiya boʻlishi mumkin.
YESR. Eritrositlarning choʻkish tezligi. Tezlik soatiga 18 mm dan oshmasligi kerak. Agar qizil qon hujayralari soatiga 20 mm dan yuqori tezlikda choʻksa, bu organizmda yalligʻlanish borligining belgisidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring