Qoʻmita vazirliklarning axborotini qanday baholadi?

16:08 22 Dekabr 2022 Jamiyat
534 0

2022-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari “Ishlashga ehtiyoji boʻlgan talabalarni bandligini taʼminlash, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi haqida axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda keyingi yillarda oliy va oʻrta maxsus taʼlim taʼlim tizimida taʼlim sifati samaradorligini oshirish, raqabotdosh kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda talabalar ishlashi mumkin boʻlgan 107 ming vakant ish oʻrinlari mavjud boʻlib, Milliy vakansiyalar bazasida “Talabar uchun ish” alohida funksional hamda 99 ta oliy taʼlim muassasalarida “Karyera markaz”lari tashkil etilgan. Talabalarning bandligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar qilinyapti. Yaʼni, joriy yil noyabr oyi holatiga 49 ming nafardan ortiq talaba shundan, 3525 nafar chin yetim, nogiron hamda ijtimoiy himoya reyestrdagi daftarlarga kiritilgan talabalar ish bilan taʼminlandi.

Shuningdek, talabalar bandligini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarida 480 dan ortiq xonalar bepul ajratilib, 340 dan ortiq maishiy xizmatlarda talabalarning tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Yil yakuniga qadar bandligi taʼminlangan talabalar sonini 85,5 ming nafarga, ushbu koʻrchatkichni 2023-yil maygacha 100 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborotida keltirilganidek, tizimga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, bunda taʼlim jarayonlarida korrupsiyaviy holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qoʻyish, turli hujjatlar tayyorlashning qogʻoz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinyapti.

Xususan, tizimni raqamlashtirish maqsadida kontrakt.edu.uz, prof-kontrakt.edu.uz, magistr.edu.uz, stipendiya.edu.uz, diplom.edu.uz, adabiyot.edu.uz, kasb.edu.uz, unilibrary.uz kabi elektron platformalari ishga tushirildi. Natijada, talabalarning oʻqish joyidan maʼlumotnoma soʻrash amaliyoti bekor qilindi. Mazkur sohada fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish kengaydi.

Bundan tashqari, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilishi bilan bogʻliq qator yangiliklar kiritildi. Korrupsion omillarni bartaraf etish maqsadida ijodiy imtihon komissiyasi aʼzolari turli OTMlardan jalb qilingan professor-oʻqituvchilardan shakllantirildi.

Imtihon jarayonida korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelinganda vazirlikning rasmiy telegramdagi boti(EduAntiCorruption)ga yoki 1006 ishonch raqami orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi (endilikda magistraturaga qabul yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida oʻtkaziladi).

Shu bilan birga, ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish uchun ikkinchitalim.edu.uz, akademik litseylarga hamda professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun litsey.edu.uz, kasb.edu.uz, kollej.edu.uz, texnikum.edu.uz hujjatlarni onlayn topshirish platformalari ishlab chiqildi va joriy etildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunga qadar talalablar turur joylarini barpo etish boʻyicha jami 32 106 oʻrinli 63 ta loyiha, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 22 016 oʻrinli 42 ta, oliygoh va byudjet mablagʻlari hisobidan 2 800 oʻrinli 7 ta, oliygohlarning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan 4 640 oʻrinli 9 ta hamda investitsiya dasturi doirasida 2 650 oʻrinli 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarning 21 977 oʻrinli 45 tasida qurilish ishlari boshlandi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini barpo etish uchun 2022-yilda Davlat byudjetidan jami 178,6 mlrd. soʻm subsidiya mablagʻlari ajratib berildi.

Savol-javoblarga boy boʻlgan yigʻilishda deputatlar taʼlim tizimi faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqib, raqabotdosh kadrlarni tayyorlash, talabalar bandligini taʼminlash hamda sohada korrupsiyaning oldini olish boʻyicha vazirliklarga qator takliflar berishdi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berib, ushbu yoʻnalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini olib borishga kelishib olindi.

Yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер