“Qizil” muammolarga yechim boʻlguvchi “yashil” tashabbuslar

18:08 01 Iyun 2021 Iqtisodiyot
844 0

Dunyo hamjamiyati doimo butunjahon uchun dolzarb masalalarni muhokama qilib keladi. Aholining koʻpayishi, sanoatning rivojlanishi, insoniyat uchun yaratilgan qulayliklar bir tomondan ijobiy baholansa, ikkinchi tomondan insoniyat uchun xavf soladigan baʼzi bir oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Jumladan, yer sharining global isishi, Orol dengizining qurishi, ekologik muhitning buzilishi va boshqa sabablar tufayli insoniyat azob chekmoqda. Endilikda sanoatni atrof-muhitga zarari kam qilib rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish, yer sharini yam-yashil hudud sifatida saqlab qolish jahon mamlakatlari oldidagi muammoga aylanmoqda.

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya respublikasi Prezidenti taklifiga binoan Seul shahrida oʻtkazilayotgan videoanjumandagi ishtiroki chogʻida ilgari surgan tashabbuslari bu masalalar yechimida umid uygʻotdi. Jumladan, “yashil texnologiyalarni joriy etish” tashabbusi dunyo mamlakatlari ekologiyasiga birday xavf solib turgan Orol muammolariga malham boʻlishda muhimdir.

Shuningdek, energiya taqchilligi masalasi ham mamlakatimiz oldidagi oʻz yechimini kutayotgan masalalardan biridir.

Saylovoldi uchrashuvlarimiz payti aholidan boʻlgan koʻpsonli savollar ham shu mavzuda edi. Deputatlik davrimda ham kuz-qish mavsumining dolzarb masalasi, “yonayotgan” mavzu mana shudir. “Adolat” SDP ham uzoq paytlardan beri qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga oʻtish tashabbusini ilgari surib keladi. Yaqin yillar ichida Prezidentimiz bu masalada bir necha hujjatlarni imzoladi va bular asosida alohida qonun qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev videoanjumanda ham quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni uch baravar oshirish tashabbusini ilgari surdi. Bu yoʻl eng samarali va ekologik xavfsizdir. Keng jamoatchilikning fikri ham shunday. Bu borada dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasini oʻrganish va tatbiq etish zarur. Sanoat, iqtisodiyot rivoji, uy-joy kommunal xoʻjalik muammolari yechimida bu muhim. Qolaversa, mamlakatni raqamlashtirish uchun, tezkor Internet tarmogʻi, uzluksiz elektroenergiyani taʼminlashda avvalo sharoit yaratish kerak.

Prezident tomonidan bildirilgan boshqa tashabbuslar ham zamonaviy dunyoga mos ravishda jamiyatni, mamlakatni taraqqiy ettirish, mamlakat yoshlarining salohiyatidan foydalanishga qaratilgandir.

Gulbahor Saidgʻaniyeva,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
“Adolat” SDP fraksiya aʼzosi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер