Qisqargan darslar jurnalga qanday qayd etilishi ochiqlandi
Xalq taʼlimi vazirligi xabariga koʻra, oʻquvchilarning qishki taʼtil kunlari ikki haftaga uzaytirilganligi sababli 3-chorak oʻquv kunlari 1 — 4-sinflarda 9 kun, 5 — 11-sinflarda 11 kunga qisqardi.
Shu munosabat bilan, sinf jurnallariga 24-yanvardan boshlab taqvim-mavzu reja asosida tegishli mavzular qayd etiladi.
Shuningdek, fan oʻqituvchilari tomonidan taqvim-mavzu rejada joriy yilning 11 — 22-yanvar kunlariga toʻgʻri kelgan mavzular oʻquv yilining 3-choragi davomida tigʻizlashtirib oʻtiladi va tigʻizlashtirilgan mavzular sinf jurnallarida qayd etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring