“Qishloqqurilishbank” va “Agrobank”da fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan milliardlab kredit pullarini talon-toroj qilgani aniqlandi

21:25 08 Mart 2020 Jamiyat
1308 0

Foto: www.google.com

“Qishloqqurilishbank” Koʻkdala filiali mansabdor shaxslari 2019-yilda 119 nafar fuqaro nomiga chiqarilgan 1,4 milliard soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini hujjatlarni soxtalashtirib, talon-toroj qilgan. Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvida aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, Departamentning Mirishkor tuman boʻlimi xodimlari ham “Agrobank” Mirishkor filiali boshqaruvchisi R.J. va boshqa xodimlar soxta shartnomalar tuzib, jami 52 nafar fuqaroga ajratilgan 925,1 million soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganini aniqlagan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер