Qishda Yevropada parvozlar soni 75 foizgacha qisqarib ketishi mumkin
Yevropada kelayotgan qish mavsumida aviatashuvlar hajmi odatdagi darajaning bor-yoʻgʻi 25 foizini tashkil etishi mumkin. Bu haqda Ryanair aviakompaniyasi bosh direktori Maykl OʻLiri aytib oʻtgan. Uning taʼkidlashicha, bu Covid-19 pandemiyasi qanday rivojlanishi bilan bogʻliq ekan, deb yozadi Reyters.
Gap shundaki, yaqinda havo navigatsiyasi boʻyicha Yevropa tashkiloti boʻlgan Eurocontrol qishda aviatashuvlar hajmi ikki barobar qisqarib ketishi ehtimoli borligini maʼlum qilgan edi. OʻLiri esa tashkilotning ushbu prognozlarini juda nekbin deb atadi.
“Oʻylashimcha, tashuvlar hajmi jiddiy kamayib ketadi. 60, 70 va hatto 75 foizgacha qisqarib ketishi mumkin”, — degan u.
Aeroportlar xalqaro kengashi maʼlumotlariga koʻra, pandemiya oqibatida kelib chiqqan inqiroz paytida Yevropada sentyabr oyining oʻzida yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 73 foiz pasaygan. Yanvar oyidan buyon esa Yevropa havo bandargohlari qabul qilgan yoʻlovchilar soni 1,29 mlrd. nafarga ham yetmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring