Qish nihoyat Termizga yuzlandi
Bu yil qish fasli Termiz shahrida odatdagidan farqli kechdi — biron marta ham qor yogʻmagan edi. Nihoyat, bugun osmondan oq uchqunlar yengil parvoz qilib, shaharni oq libosga burkamoqda.

Havo sovuq, ammo odamlar qalbida iliqlik va quvonch ustun. Uzoq kutilgan qor nafaqat tabiatni, balki koʻngillarni ham tarovatga toʻldirdi. Bu manzaradan zavq olgan termizliklar qor yogʻishini zavq bilan tomosha qilmoqda.




Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring