Qirgʻizistondagi zilzila Oʻzbekiston hududida ham sezildi
19-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 17:09da Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 170 km shimoliy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasining vodiy viloyatlari hududida ham ushbu zilzila kuchi sezildi. Xususan, Yangiqoʻrgʻon tumanida 2-3 ball, (43 km), Kosonsoy tumanida 2 ball (53 km), Chust tumanida 2 ball (59 km) kuchida yer silkinishi qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring