Qirgʻizistonda yana 7 nafar tibbiyot xodimi koronavirusni yuqtirgan
Qirgʻizistonda 4-iyun holatiga koʻra, yana 28 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Butun mamlakat boʻylab koronavirusga chalinganlar soni 1899 kishini tashkil etmoqda. Oʻtgan bir sutka ichida tibbiyot xodimlari orasida yana 7 kishida COVID-19 aniqlangan. Statsionarlardan 5 nafar tibbiyot xodimiga javob berilgan.
Qirgʻizistonda hozirga qadar 372 nafar tibbiyot xodimi koronavirus yuqtirib olgan boʻlib, ularning 270 nafari sogʻaygan.
Butun mamlakat boʻylab koronavirusga chalingan 1292 nafari davolanishga muvaffaq boʻlgan, 20 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring