Qirgʻizistonda sodir boʻlgan yer silkinishi Oʻzbekiston hududida ham sezildi
Qirgʻiz Respublikasida zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 19-mart kuni soat 17:03 da Qirgʻiz Respublikasida sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 39,59 gradus shimoliy kenglik va 71,39 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 3,9 ga teng. Zilzila epitsentri Botken, Qirgʻiz Respublikasi, Toshkentdan 262 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Soʼx tumanida 2 ball, 48 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring