Qirgʻizistonda qiz oʻgʻirlanishiga va ayollarni majburan turmushga chiqishiga qarshi namoyishlar boshlandi
Illyustrativ foto
Qirgʻizistonda mahalliy ayollardan biri, Ayzada Kanatbekova oʻgʻirlab ketilib oʻldirilgandan soʻng, qizni oʻgʻirlash va ayollarni majburan turmushga chiqishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan.
“EurAsia Daily”ning yozishicha, namoyishlar Bishkekda boshlangan. Namoyishchilar xavfsizlik kuchlari jinoyatchilikka qarshi tura olmasliklarini va fuqarolarni himoya qila olmasliklarini bildirib, Ichki ishlar vaziri va poytaxt IIB rahbariyatining isteʼfosini talab qilishmoqda.
Ayzada Kanatbekova 5-aprel, dushanba kuni ertalab oʻgʻirlab ketilgan. Hodisa videokuzatuv kamerasiga tushgan, politsiya mashinalarning davlat raqamlarini, shuningdek, uch gumonlanuvchining ismlari va telefon raqamlarini bilgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari hatto ulardan biriga qoʻngʻiroq qilgan. Unga javoban telefonga javob bergan shaxs Kanatbekova bilan turmush qurmoqchi ekanligini aytgan va suhbatni uzib qoʻygan. Ikki kundan soʻng qiz oʻlik holda topilgan.
Maʼlum boʻlishicha, qizni oʻgʻirlashda taxmin qilinganlardan birini jasadi Ayzada Kanatbekova jasadining yonidan topilgan. Yana bir gumonlanuvchi hibsga olingan. Uchinchisining qayerda ekani nomaʼlum.
Mahalliy parlament deputati Marlen Mamataliyev taʼkidlaganidek, mamlakatda kelin oʻgʻirlash odat tusiga kiradi va shuning uchun ular koʻpincha bunday holatlarga koʻz yumiladi. Nikoh maqsadida oʻgʻirlash tushunchasi boʻlmasligi kerak. Buni oʻgʻirlik sifatida baholash kerak va jazoni kuchaytirish kerak.
Oʻz navbatida, Bosh vazir Ulugʻbek Maripov Qirgʻiz jamiyatida qiz oʻgʻirlashni ayollarning huquqlarining buzilishi ekanini qayd etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring