Qirgʻiziston 30 dan ortiq davlatga oʻz eshiklarini ochadi
Qirgʻizistonning koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha respublika shtabi fuqarolari Qirgʻizistonga kirishi mumkin boʻlgan 31 ta davlat roʻyxatini eʼlon qildi.
Taʼkidlanishicha, roʻyxatda keltirilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda.
Roʻyxatdan quyidagi davlatlar joy olgan: Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Turkmaniston, Latviya, Litva, Belgiya, Avstriya, Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Sloveniya, Turkiya, Shveysariya, Shvetsiya Qatar, Kuvayt, BAA, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya.
Mamlakatlar roʻyxati Qirgʻiziston SSVning 2020-yil 20-avgustdagi buyrugʻiga binoan qayta koʻrib chiqilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring