Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog‘istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring