Qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

11:05 05 Yanvar 2024 Jamiyat
349 0

2023-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan tekshirishlarda umumiy qiymati 1,2 mlrd soʻmga teng alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 397 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 42 962 dona 725,7 mln soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.

Xususan:
- 335 ta tadbirkorlik subyektida 30 087 dona 600,8 mln soʻmlik;
- 62 nafar fuqaroda 12 875 dona 124,9 mln soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 286 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 39 680 quti 450,1 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:
- 33 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 15 206 quti 212,3 mln soʻmlik;
- 253 nafar fuqarodagi 24 474 quti 237,7 mln soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер