Qatar bilan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–305-son, 13.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring