Qatar Amirining Samarqandga tashrifi ikkinchi kunidan fotojamlanma
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tashrifining ikkinchi kunida ham bir qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Avvaliga Samarqanddagi Kongress markazida Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Kongress markazda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu tariqa Qatar Amirining O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy samimiy xayrlashdilar.
Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan "Xalq so‘zi" muxbiri fotojamlanma tayyorladi.














Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring