Qashqadaryodagi “zapravka”da yongʻin yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

23:50 10 Mart 2025 Jamiyat
225 0

Foto: FVV

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi yonilgʻi quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10-mart kuni Kasbi tumani “Doʻstlik” MFY hududidagi shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sigʻim yongan. Voqea joyiga 4 ta yongʻin qutqaruv boʻlinmasi soat 22:04 da yetib borib, 22:33 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini olgan.

«Jarohatlangan fuqarolarning ahvoli yaxshi, halok boʻlgan yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda«, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер