Qashqadaryoda yuk mashinasi daryoga tushib ketdi

16:55 06 Avgust 2023 Jamiyat
2823 0

Kecha, 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

 Hodisa soat 17:40 larda G‘uzor tumani Termiz–Toshkent avtomobil yo‘lining 1249-kilometrida sodir bo‘lgan. DAF rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, G‘uzor daryosiga tushib ketgan. Oqibatda 2 nafar Tojikiston fuqarolari turli darajadagi tan jarohati olib, yuk mashinasida qisilib qolishgan.

 G‘uzor tuman FVB dan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:55 larda yetib borgan, yong‘in-qutqaruvchilarining saʼy-harakatlari va mahalliy fuqarolarning ko‘magida 2 nafar fuqaro qutqarib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga yuborildi. Hozirda fuqarolar shifokorlar nazoratida.

 Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер